Barcha hikoyalarga qaytish
Muhandislik5 daqiqa

Notebookdan mahsulotgacha bo'lgan yo'l

Demo bilan foydalanuvchi qo'liga yetib boradigan tizim orasidagi ko'rinmas ishlar.

AI demo odamni hayratga solishi mumkin. Mahsulot esa ertasi kuni ham ochilishi, tushunarli bo'lishi va xato paytida nima qilishni bilishi kerak.

Eng yaxshi model emas, eng yaxshi tizim

Model tanlash muhim, lekin foydalanuvchi natijani qanday yuborishi, kutishi va tekshirishi undan kam emas. API, interfeys va monitoring alohida “qo'shimcha” emas — yechimning o'zi.

Har bir yangi loyiha boshida modeldan oldin qaror oqimini chizish foydali: kim input beradi, natija nimani o'zgartiradi va noaniqlik qayerda ko'rinadi?

Chegaralarni oldindan aytish

Tibbiy yoki biometrik mahsulotda ishonch faqat yaxshi natijadan kelmaydi. Tizim nimani bilmasligini ham ochiq ko'rsatishi kerak.

Threshold, qayta tekshirish va inson tasdig'i kabi mexanizmlar — modelni zaiflashtirmaydi. Aksincha, uni real vazifada xavfsiz qiladi.

Kichik, lekin to'liq aylana

Biz katta roadmapdan ko'ra, boshidan oxirigacha ishlaydigan eng kichik aylana qurishni afzal ko'ramiz. Bitta haqiqiy input, bitta tushunarli natija va bitta kuzatiladigan log.

Shu aylana ishlagach, sifatni ham, funksiyani ham ishonch bilan kengaytirish mumkin.